locale OZ

Harvi Elliot faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin — Romano

Biroq futbolchi bu taklifga qiziqish bildirmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harvi Elliot faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin — Romano
FOTO: Getty Images

MLS klublari «Aston Villa» yarimhimoyachisi Harvi Elliotga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, MLS vakili bo‘lgan «Sharlott» klubi futbolchini ijara asosida safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq Elliot hozircha bu taklifga qiziqish bildirmayapti va faoliyatining ushbu bosqichida MLSga ko‘chishni rejalashtirmagan.

Joriy mavsumda ingliz futbolchisi «Aston Villa» safida barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

Ma’lumot o‘rnida, Harvi Elliot 2025 yil yozida «Liverpul»dan ijara asosida Birmingem klubiga o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 20 iyungacha amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting