locale OZ

Harri Keynning intervyusi paytida jurnalistlar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi

Angliya Fransiyani magʻlub etib, Jahon chempionatining bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keynning intervyusi paytida jurnalistlar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi
FOTO: Getty Images

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsidan so‘ng, Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn flesh-intervyu berayotgan vaqtda ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu kichik finalda Angliya Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, bronza medallariga ega chiqqandi.

Xabarlarga ko‘ra, bir guruh ingliz jurnalistlari mahalliy (mezbon) reportyorning yo‘lini jismoniy kuch ishlatib to‘sib qo‘yishgan va uning tasvirga olishiga xalaqit berish uchun chetga surib yuborishgan. Ushbu kelishmovchilik tezda mushtlashuvga aylanib ketgan va oqibatda intervyu jarayoni buzilgan. Vaziyat boshqa OAV vakillari hamda turnir xavfsizlik xizmati xodimlarining diqqat markaziga tushgan. Jabrlangan mahalliy reportyor yordam so‘rab FIFA vakillariga va stadionda bo‘lib turgan Mayami politsiyasi xodimlariga murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi dunyo birinchiligi finalida Argentina va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa janubiy amerikaliklarning qo‘li baland kelgan edi (4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting