Harri Keyn «Yil odami» mukofotiga sazovor boʻldi — Kicker
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Kicker jurnali talqiniga ko‘ra «Yil shaxsi» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur sovrin Germaniya futbolidagi eng yorqin shaxslarga topshiriladi. Ushbu mukofot 1990 yildan buyon taqdim etib kelinadi va avval «Yil odami» nomi ostida tanilgan.
Keyn 2023 yil yozida Londonning «Tottenhem» klubidan «Bavariya» safiga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda u Myunxen jamoasi safida Germaniya Bundesligasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va uchta golli uzatma muallifiga aylangan.
Chempionlar ligasida hujumchi olti bahsda ishtirok etib, beshta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Germaniya kubogida beshta, mamlakat Superkubogida esa bitta gol mavjud. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.