locale OZ

Harri Keyn Tuhelning ishiga baho berdi

Angliya terma jamoasi Jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi.
Harri Keyn Tuhelning ishiga baho berdi
ФОТО: Getty images

Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keyn bosh murabbiy Tomas Tuhelning ilk yirik musobaqadagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu uning birinchi yirik turniri edi. O‘ylaymanki, u jamoa, butun musobaqa davomidagi jarayonlar, safarlar, o‘yinlar va bu darajada ishtirok etish uchun nimalar talab qilinishini, shuningdek, bosimni qanday yengish kerakligini juda ko‘p o‘rgandi», — dedi Keyn. BBC uning so‘zlarini keltirmoqda.

Tomas Tuhel Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga 2025 yilning 1 yanvar kuni tayinlangan edi. 2026 yilgi Jahon chempionati nemis mutaxassisi uchun milliy jamoa boshqaruvidagi ilk yirik xalqaro musobaqa bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting