locale OZ

Harri Keyn «Tottenhem»ni APLda jon saqlab qolgani bilan tabrikladi

«Shporlar» soʻnggi turdagi gʻalaba evaziga Premyer-ligada qolishni uddaladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn «Tottenhem»ni APLda jon saqlab qolgani bilan tabrikladi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn o‘zining sobiq jamoasi «Tottenhem»ni Angliya Premyer-ligasidagi mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabrikladi.

«Tottenhem» chempionatning so‘nggi, 38-turida «Everton» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, APLda jon saqlab qoldi. Londonliklar 38 o‘yindan so‘ng 41 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 17-o‘rinni egallashdi va xavfli zonadan ikki ochkoga o‘zib ketishdi.

«Klubdagi barchani, ayniqsa muxlislarni tabriklayman — so‘nggi turda ajoyib kurash va kerakli natija qayd etildi!» — deyiladi Keynning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan xabarida.

Harri Keyn 2011 yildan 2023 yilning avgustiga qadar «Tottenhem» sharafini himoya qilgan. Ushbu davr mobaynida u uch marta — 2015, 2021 va 2023 yillarda klubda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting