Harri Keyn Robert Levandovskining rekordini takrorladi
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Chempionlar Ligasi yarimfinalidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi javob bahsida (1:1) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, angliyalik futbolchi myunxenliklarning sobiq forvardi Robert Levandovski tomonidan o‘rnatilgan bir mavsumdagi gollar soni bo‘yicha rekordni takrorladi.
Keyn joriy mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlar doirasida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 55 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Polshalik hujumchi ham 2019/2020 yilgi mavsumda aynan shuncha gol urgan edi, biroq unga bu natija uchun bitta kam o‘yin kifoya qilgan.
Ta’kidlash joizki, «Bavariya» mavsum yakuniga qadar Bundesligada yana ikkita uchrashuv o‘tkazadi, shuningdek, Germaniya kubogi finalida «Shtutgart» bilan kuch sinashadi. Agar Garri Keyn ushbu bahslarning birortasida raqib darvozasini ishg‘ol qila olsa, XXI asrda «Bavariya» safida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida yangi rekord o‘rnatadi.