locale OZ

Harri Keyn «Real»ga qarshi oʻyin oldidan «Bavariya» mashgʻulotlariga qaytdi

Uchrashuv ertaga «Santyago Bernabeu» stadionida start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn «Real»ga qarshi oʻyin oldidan «Bavariya» mashgʻulotlariga qaytdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn xalqaro tanaffus vaqtida olgan jarohatidan so‘ng safga qaytdi va jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaning xabar berishicha, Keyn UEFA Chempionlar Ligasi doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi kechadigan muhim bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mazkur uchrashuv ertaga, 7 aprel kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda ingliz hujumchisining jamoani tark etishi borasidagi xabarlar ko‘paygan bir paytda, «Bavariya» rahbariyati o‘z pozitsiyasini aniqlashtirib oldi. Klub sport direktori Maks Eberl myunxenliklar Harri Keynni tarkibda olib qolishga qat’iy qaror qilganliklarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn jarohati sababli jamoasining so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi. Uning safga qaytishi myunxenliklarning hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting