Harri Keyn joriy mavsum yakunlariga koʻra «Oltin butsa» uchun yaqqol daʼvogarlik qilmoqda
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin butsa» sovriniga asosiy da’vogarlar reytingini boshqarmoqda.
Ingliz futbolchisi milliy chempionatda 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va bu ko‘rsatkich unga 60 ochko taqdim etdi. Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe esa angliyalik raqibidan 14 ochkoga ortda qolmoqda (23 ta gol). Kuchli uchlikni «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand yakunlab turibdi — uning hisobida 22 ta gol va 44 ochko mavjud.
Ochkolarni hisoblash tizimi quyidagicha: futbolchining chempionatda urgan gollari soni o‘sha birinchilikning tegishli koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Kuchli beshlikka kiruvchi milliy chempionatlarda urilgan har bir gol 2 ochko, 6-o‘rindan 21-o‘ringacha bo‘lgan chempionatlarda 1,5 ochko, qolganlarida esa 1 ochko bilan baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 yilgi mavsumda «Oltin butsa» sovrini Kilian Mbappega nasib etgan edi. 26 yoshli futbolchi La Ligadagi debyut mavsumida 31 ta gol urishga erishgan.