locale OZ

Harri Keyn Jahon va Yevropa chempionatlari saralash bosqichi toʻpurariga aylandi

Angliyalik hujumchi oʻz hisobiga jami 40 ta gol yozdirib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn Jahon va Yevropa chempionatlari saralash bosqichi toʻpurariga aylandi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn Jahon va Yevropa chempionati saralash bosqichlarida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida qayd etildi.

2019 yildan buyon forvard yirik turnirlar saralash o‘yinlarida 40 ta gol urdi, bu Yevropa terma jamoalari o‘yinchilari ichidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Portugaliya

milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning hisobida esa 32 ta gol bor.

Angliya milliy jamoasi «K» guruhida barcha 8 ta uchrashuvini g‘alaba bilan yakunlab, 24 ochko to‘pladi va JCh-2026'ga yoʻllanma oldi. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.

2022 yilgi turnir finalida Argentina va Fransiya milliy jamoalari maydonga tushgan. Asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida Argentina 4:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting