locale OZ

Harri Keyn Chempionlar Ligasi to‘purarlari ro‘yxatida kuchli o‘nlikka kirdi

«Bavariya» hujumchisi «Atalanta»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn Chempionlar Ligasi to‘purarlari ro‘yxatida kuchli o‘nlikka kirdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi «Atalanta»ga qarshi bahsda (4:1) dubl qayd etdi. Shu tariqa, angliyalik futbolchining qit’aning eng nufuzli turniridagi gollari soni 66 ta o‘yinda 50 taga yetdi.

Ushbu natija orqali Keyn o‘z faoliyatini 48 ta gol bilan yakunlagan Andrey Shevchenko va Zlatan Ibragimovichdan o‘zib ketdi. Shuningdek, u hisobida 49 ta gol bo‘lgan afsonaviy Alfredo Di Stefanoni ham ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda Harri Keyn musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 50 ta gol bilan Muhammad Saloh va Tyerri Anri hamda bilan birgalikda 10-pog‘onani egallab turibdi. Mazkur ro‘yxatda «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublari safida jami 140 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting