locale OZ

Harri Keyn Bundesliga tarixida Gerd Myullerning rekordini takrorladi

«Bavariya» hujumchisi gol urish boʻyicha Levandovskini ham ortda qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn Bundesliga tarixida Gerd Myullerning rekordini takrorladi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida oʻz hisobiga 36 ta gol yozib qoʻyishga ulgurdi. Angliyalik forvard 2023/2024 yilgi mavsumda ham aynan shuncha gol urishga muvaffaq boʻgandi.

OptaFranz tahliliy portalining xabar berishicha, Keyn Germaniya chempionati tarixida bir mavsumda 36 va undan ortiq gol urishni bir martadan koʻp uddalagan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bungacha Bundesliga tarixida faqat birgina futbolchi — «Bavariya»ning afsonaviy hujumchisi Gerd Myuller bir mavsumda 36 tadan koʻp gol urishni bir necha bor (3 ta mavsumda) uddalagan edi.

Eʼtiborlisi, myunxenliklarning sobiq toʻpurari Robert Levandovski faoliyati davomida faqat bir martagina (2020/2021 yilgi mavsumda) bunday koʻrsatkichga erisha olgan, xolos. Keyn esa Germaniyadagi dastlabki ikki mavsumidayoq ushbu natijani qayd etib, tarixga kirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting