locale OZ

Harri Keyn bir mavsumda eng koʻp gol urish boʻyicha shaxsiy rekordini yangiladi

«Bavariya» hujumchisi «Borussiya»ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn bir mavsumda eng koʻp gol urish boʻyicha shaxsiy rekordini yangiladi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Bundesliganing 24-turidan o‘rin olgan Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bahsda (3:2) dubl qayd etdi va klub miqyosida bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi.

Opta Sport statistik portalining xabar berishicha, barcha turnirlarda urilgan jami 45 ta gol angliyalik futbolchi uchun faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, u bundan avvalgi eng yuqori natijasini (44 gol) 2023/2024 yilgi mavsumda, ya’ni «Bavariya»dagi debyut yilida qayd etgan edi.

Shuningdek, 32 yoshli Keyn Angliya terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Angliyalik hujumchi 2023 yilning yozida «Tottenhem»dan myunxenliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan buyon u «Bavariya» libosida 133 ta o‘yinda maydonga tushib, 130 ta gol va 31 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting