Harri Keyn «Bavariya»ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Angliyalik hujumchi oʻtgan oyda 11 ta golga mualliflik qildi.
FOTO: Getty Images
«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn klubning sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda myunxenliklar matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.
Manbaga koʻra, muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada ingliz forvardi 54 foiz ovoz bilan gʻolib chiqdi.
Keyn ushbu nom uchun kurashda Maykl Olise (12,1%) va Luis Diasni (11,6%) ortda qoldirdi.
Maʼlumot uchun, angliyalik hujumchi sentyabr oyida jami 5 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, u o'tgan oy davomida «gol+pas» tizimida 12 ochko (11+1) toʻpladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist