locale OZ

Harri Keyn «Bavariya»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

32 yoshli hujumchi myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligini istisno qilmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn «Bavariya»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Myunxen klubi bilan shartnomasini uzaytirish ehtimoli borasida fikr bildirdi.

«“Bavariya” bilan shartnomani uzaytirishmi? Ha, bu albatta mumkin. Hatto 100 foiz deyish ham mumkin. Bu borada muzokaralar o‘tkazish kerakligini avval ham aytgandim. Ishonchim komilki, bu suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Hozircha esa e’tiborim joriy mavsumga qaratilgan. Shartnoma uzaytirilish ehtimoli juda yuqori. Ayni damda men bo‘lishni istagan boshqa joy yo‘q», — deya Harri Keynning so‘zlarini keltiradi jurnalist Florian Plettenberg.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yozida Harri Keyn «Bavariya» safida Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu 32 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi ilk sovrin bo‘ldi. Keyinchalik hujumchi jamoa bilan mamlakat Superkubogida ham g‘alaba qozondi.

Joriy mavsumda Harri Keyn barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting