locale OZ

Harri Keyn “Bavariya” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tomonlar yangi kelishuv muddatini 2029-yilgacha belgilash masalasida bir fikrga kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn “Bavariya” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Tomonlar yangi kelishuv muddatini 2029-yilgacha belgilash masalasida bir fikrga kelgan. Bu haqda jurnalist Kristian Falk o‘zining CF Bayern Insider nashrida xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” rahbariyati va futbolchining vakillari shartnomaning asosiy shartlarini kelishib olgan. Hozirda tomonlar tasvir huquqlari va boshqa ayrim tafsilotlarni muhokama qilmoqda. Kelishuv yakunlangach, yangi shartnoma rasman imzolanishi kutilmoqda.

Myunxen klubi angliyalik hujumchini uzoq muddatga saqlab qolishni ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblamoqda. Keynning o‘zi ham Germaniyadagi faoliyatidan mamnun va “Bavariya” safida yangi sovrinlarni qo‘lga kiritish niyatida.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023-yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga transfer qilingan. Falkning ma’lumotiga ko‘ra, klub yangi shartnomani 26-oktabr kuni o‘tkaziladigan “Oltin to‘p” marosimiga qadar rasmiylashtirishni istamoqda. Hozircha kelishuv rasman e’lon qilinmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting