locale OZ

Harri Keyn “Bavariya” bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashi mumkin

Avvalroq “Bavariya” 19-avgust kuni Keynga “Oltin butsa” sovrini topshirilishini ma’lum qilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn “Bavariya” bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashi mumkin
Foto: Getty Images

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn yaqin vaqt ichida Myunxen klubi bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Abendzeitung München ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli angliyalik futbolchi bilan muzokaralar tez orada boshlanadi va tomonlar avgust oxiri yoki sentabr boshida kelishuvga erishishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Keynning yangi shartnomasi 2029-yil yoki 2030-yil yoziga qadar mo‘ljallanishi mumkin. Shu tariqa, “Bavariya” o‘zining asosiy hujumchilaridan birini yana bir necha mavsum davomida jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Harri Keyn Myunxen klubida o‘zini yaxshi his qilmoqda va “Bavariya” bilan katta maqsadlarga erishishiga ishonmoqda. Xususan, angliyalik hujumchi kelayotgan mavsumdayoq jamoa bilan UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqish mumkinligiga ishonmoqda.

Avvalroq “Bavariya” 19-avgust kuni Keynga “Oltin butsa” sovrini topshirilishini ma’lum qilgan edi. Klub vakillari hujumchining o‘tgan mavsumdagi o‘yinini yuqori baholab, uning mavsumi “Oltin to‘p”ga munosib bo‘lganini ham ta’kidlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting