Harri Keyn 5-o‘ringa ko‘tarildi
ФОТО: Getty images
Harri Keyn Angliya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar beshligiga kirdi.
JCh-2026 saralashida Andorra bilan o‘yin (2:0) 32 yoshli hujumchi uchun milliy jamoa libosidagi 108-o‘yini bo‘ldi.
“Bavariya” hujumchisi bu natija bo‘yicha Eshli Koulni ortda qoldirdi va Bobbi Mur bilan tenglashdi — endi ular 5-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Ularning oldida esa Stiven Jerrard (114), Devid Bekhem (115), Ueyn Runi (120) va Piter Shilton (125) joylashgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist