locale OZ

Haris Tabakovič «RB Zaltsburg»ga o‘tishga rozilik berdi

Uning «Hoffenhaym» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha tuzilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Haris Tabakovič «RB Zaltsburg»ga o‘tishga rozilik berdi
ФОТО: Getty images

«Hoffenhaym» hujumchisi Haris Tabakovič Avstriyaning «RB Zaltsburg» klubiga o‘tishga yakuniy rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar transferning barcha shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim qiymati taxminan 5 million yevroni tashkil etadi.

32 yoshli bosniyalik forvard yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.

2025/26 yilgi mavsumda Tabakovič barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Uning «Hoffenhaym» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha tuzilgan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 3,5 million yevro deb baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting