locale OZ

Hansi Flik «Barselona»ning yosh iqtidorlari borasida kutilmagan qarorga keldi

Ushbu yangi strategiya klub akademiyasi bitiruvchilarining oʻyin amaliyotink barqarorlashtirishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hansi Flik «Barselona»ning yosh iqtidorlari borasida kutilmagan qarorga keldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik asosiy jamoa o‘yinlariga zaxira tarkib (Barselona B) yoshlarini jalb etishni kamaytirishga qaror qildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Germaniyalik mutaxassisning ushbu qarori «Barselona B» bosh murabbiyi Juliano Belletti ixtiyorida ko‘proq futbolchi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan. Flik yoshlarni asosiy jamoa mashg‘ulotlariga kamroq chaqirish orqali ikkinchi jamoaning o‘z tarkibi bilan ko‘proq ishlashiga sharoit yaratmoqchi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — zaxira jamoasining natijalarini yaxshilash va ularning Ispaniya to‘rtinchi divizionidan yuqoriga ko‘tarilishiga yordam berishdir.

Ta’kidlash joizki, bungacha Hans-Diter Flik yosh futbolchilarni tez-tez asosiy jamoa qaydnomasiga kiritib kelayotgan edi, biroq ularning aksariyati yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgandi. Buning yorqin misoli sifatida 17 yoshli hujumchi Toni Fernandesni ko‘rsatish mumkin. U «ko‘k-anorranglilar»ning 12 ta uchrashuvida qaydnomaga kiritilgan bo‘lsa-da, maydonda atigi bir marotaba 45 daqiqa harakat qilgan.

Ushbu yangi strategiya klub akademiyasi bitiruvchilarining o‘yin amaliyotini barqarorlashtirish va ularning professional o‘sishini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting