locale OZ

Hansi Flik «Barselona»da Gvardiolaning rekordini takrorladi

Hozirda kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hansi Flik «Barselona»da Gvardiolaning rekordini takrorladi
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik XXI asrda kataloniyaliklar qayd etgan o‘z uyidagi ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha klub rekordini takrorladi. La Liganing 29-turida «ko‘k-anorranglilar» o‘z maydonlarida «Rayo Valyekano»ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Mazkur muvaffaqiyat Flik boshqaruvidagi «Barselona» uchun o‘z maydonidagi ketma-ket 15-g‘alaba bo‘ldi. XXI asrda bunday natijaga faqatgina Pep Gvardiola davrida (2010-2011 yillar) erishilgan edi. «Barselona» uchun navbatdagi uy uchrashuvi 11 aprel kuni 31-tur doirasidagi «Espanyol»ga qarshi derbi bahsi bo‘ladi.

Ispaniya chempionatining 29 ta turidan so‘ng «Barselona» 73 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning «Real» klubi bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lib, kataloniyaliklardan etti ochkoga ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting