locale OZ

Hansi Flik «Barselona» futbolchilariga intizomni kuchaytirish maqsadida jarimalar tizimini joriy qildi

Endi mashgʻulotlarga kechikkanlar katta miqdorda jarima toʻlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hansi Flik «Barselona» futbolchilariga intizomni kuchaytirish maqsadida jarimalar tizimini joriy qildi
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoada intizomni kuchaytirish maqsadida o‘yinchilar uchun yirik miqdordagi jarimalar tizimini joriy qildi. Bu haqda kataloniyaliklar hujumchisi Ferran Torres o‘z intervyusida ma’lum qildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, futbolchilar mashg‘ulotlarga yoki jamoaviy yig‘ilishlarga kechikkani uchun jiddiy moliyaviy sanksiyalarga duch kelishadi. Xususan, agar o‘yinchi uchrashuv bo‘ladigan kuni belgilangan vaqtdan kech qolsa, unga 40 ming yevro miqdorida jarima solinadi.

Torresning so‘zlariga ko‘ra, Flik o‘zining qat’iy intizomi bilan tanilgan va Kataloniya futbolidagi an’anaviy erkin muhitga qaramay, nemis mutaxassisi o‘zining qat’iy yondashuvidan voz kechmayapti.

Ma’lumot uchun, Hans-Diter Flik 2024 yilning yozida «Barselona» boshqaruviga kelgan edi. Shundan buyon u jamoa bilan 99 ta o‘yinda ishtirok etib, 74 ta g‘alaba, 9 ta durang va 16 ta mag‘lubiyat qayd etdi. O‘tgan mavsumda u kataloniyaliklarni La Liga chempionligiga yetaklab kelgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting