Hansi Flik «Atletiko»ga qarshi oʻyin oldidan «Barselona» futbolchilariga talab qoʻydi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya Kubogi yarimfinali doirasidagi «Atletiko Madrid»ga qarshi javob o‘yini oldidan futbolchilariga aniq talablar qo‘ydi. The Touchline nashrining xabariga ko‘ra, murabbiy o‘yinchilarni bo‘lajak bahsga ikkita alohida o‘yin sifatida qarashga va har bir taymni mustaqil tahlil qilishga chaqirgan.
Flik jamoa oldiga aniq vazifa qo‘ydi: birinchi bo‘limda 2:0, ikkinchi bo‘limda ham 2:0 hisobida g‘alaba qozonish.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 12 fevral kuni Madriddagi «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tgan va unda «Atletiko» 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. Yarimfinalning ikkinchi juftligida esa «Atletik Bilbao» va «Real Sosedad» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.