locale OZ

Hans-Dieter Flick: Men har doim ijobiy o‘ylayman

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Dieter Flick jamoaning "Real" ustidan qo‘lga kiritgan dramatik g‘alabasi (4:3) haqida fikr bildirdi.

"Men har doim ijobiy yondashaman. Milanda jamoa qanday xarakter ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ham xuddi shunday bo‘ldi", — dedi Flick.

Germaniyalik mutaxassis bellashuvning ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, quyidagilarni qo‘shdi:

"Bu uchrashuvni eng asabiy o‘yin deb ayta olmayman. "Barselona"dek klubda ishlayotganingizda maqsad aniq bo‘ladi. Bu yerda sovrinlar yutish odatiy hol".

Flickning so‘zlariga ko‘ra, jamoa g‘alabani munosib nishonlash va mavsumni yaxshi yakunlashni rejalashtirgan:

"Endi g‘alabani nishonlab, mavsumni maksimal darajada yakunlashimiz kerak. Jamoa ruhi a’lo darajada. Biz doim hujum qilamiz, bosim ostida o‘ynaymiz. Bu safar to‘rt gol urib, kambek qildik. Ishonamanki, muxlislar xursand. Men ham shundayman".

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting