locale OZ

Hans-Diter Flik Lamin Yamalning «Atletik»ka qarshi o‘yindagi harakatlariga baho berdi

Mazkur bahsda aynan 18 yoshli futbolchining yagona goli kataloniyaliklarga gʻalaba keltirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hans-Diter Flik Lamin Yamalning «Atletik»ka qarshi o‘yindagi harakatlariga baho berdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida Bilbaoning «Atletik» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan (1:0) so‘ng, jamoa hujumchisi Lamin Yamal haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur bahsda aynan Yamal tomonidan kiritilgan yagona gol «ko‘k-anorranglilar»ga g‘alaba keltirdi.

«O‘ylashimcha, Lamin bugun o‘zining eng yaxshi o‘yinini o‘tkazmadi, biroq u uchrashuv taqdirini hal qilib berdi. Unda bo‘sh hudud paydo bo‘lsa, u doimo xavfli vaziyatlar yarata oladi. Shuningdek, u jamoaga g‘alaba keltiradigan kombinatsiyalarni amalga oshirishga qodir», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Lamin Yamal joriy mavsumda «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida jami 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Mazkur bahslarda yosh iqtidor egasi raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi va jamoadoshlariga 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirda 18 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Lamin Yamalning ayni damdagi bozor qiymati rekord darajadagi 200 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting