locale OZ

Hans-Diter Flik «Barselona» bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi

Yangi bitimga koʻra, germaniyalik mutaxassis 2028 yilgacha kataloniyaliklar safida qoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hans-Diter Flik «Barselona» bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klub rahbariyati bilan amaldagi hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yangi kelishuvga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis kataloniyaliklar safida 2028 yilgacha qoladigan bo‘ldi. Shuningdek, shartnomada hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Bu haqda jurnalist Rojer Torello xabar bermoqda.

Hozirda amalda bo‘lgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar belgilangan edi. Kelasi haftada Flikning agenti Pini Zaxavi shartnomaning so‘nggi detallarini yakunlash uchun Barselonaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Germaniyalik mutaxassis «Barselona» rasman Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishi bilan yangi bitimga qo‘l qo‘yishi rejalashtirilgan.

Ayni damda klub Ispaniya chempionatida mutlaq ustunlik qilmoqda. O‘tkazilgan 33 tur yakunlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» o‘z hisoblariga 85 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turishibdi. Jamoa eng yaqin ta’qibchisi — ikkinchi pog‘onadagi Madridning «Real» klubidan naq 11 ochko oldinda bormoqda.

La Liganing joriy mavsumi yakunlanishiga yana beshta tur qolganini inobatga olsak, «Barselona» yaqin o‘yinlarda chempionlikni rasman rasmiylashtirishi va Flik bilan yangi uzoq muddatli shartnomani imzolashi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting