locale OZ

Hans-Diter Flik «Barselona» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hans-Diter Flik «Barselona» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» jamoasining germaniyalik bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klub bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis bilan tuziladigan yangi bitim 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, u shartnomani yana bir yilga — 2029 yilgacha uzaytirish bandini ham o‘z ichiga oladi.

Xabarda aytilishicha, barcha tafsilotlar bir necha hafta oldin erishilgan og‘zaki kelishuvdan so‘ng to‘liq muvofiqlashtirilgan. Hans-Diter Flikning agenti Pini Zaxavi va «Barselona» o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan.

Murabbiyning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan edi. Kelishuv uzaytirilgani haqidagi rasmiy bayonot birozdan keyin e’lon qilinishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting