Hamza Abdelkarim: “Flik menga asosiy hujumchidek munosabatda bo‘ladi”
“Barselona”ning 18 yoshli hujumchisi Hamza Abdelkarim bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan ishlash haqida gapirdi. Misrlik futbolchining aytishicha, nemis mutaxassisining unga bo‘lgan munosabati o‘ziga bo‘lgan ishonchini sezilarli darajada oshirmoqda.
“Flik men bilan xuddi meni asosiy hujumchi sifatida ko‘rayotgandek gaplashadi. Bu menga juda katta ishonch beradi. U barcha yosh futbolchilarga shunday munosabatda bo‘ladi”, — dedi Abdelkarim.
18 yoshli hujumchi chorshanba kuni Joan Gamper kubogi doirasida o‘zining sobiq klubi — Qohiraning “Al-Ahli” jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuv “Barselona”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Abdelkarimni shu yozda “Al-Ahli”dan to‘liq sotib oldi. Futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Kataloniya klubida ijara asosida o‘tkazib, asosan ikkinchi jamoa safida tajriba to‘plagan.