«Hamma narsani oʻzim qilishim kerakmi? Ovozingni oʻchir!» — Neymar muxlis bilan janjallashib qoldi
Braziliyalik hujumchi «Rekoleta»ga qarshi bahsda bitta golga mualliflik qildi.
FOTO: Getty Images
«Santos» hujumchisi Neymar Janubiy Amerika kubogi doirasida Paragvayning «Rekoleta» klubiga qarshi kechgan uchrashuvda (1:1) uni maydonda bor kuchini berib o‘ynamayotganlikda ayblagan muxlis bilan mojaroga kirishdi.
«Hamma narsani o‘zim qilishim kerakmi? Ovozingni o‘chir, la’nati! Agar o‘zing meni hurmat qilmasang, qanday qilib sendan hurmat kutishim mumkin?» — deya Neymarning so‘zlarini keltirmoqda ESPN.
Uchrashuvdan so‘ng Neymar o‘z reaksiyasini shaxsiyatga tegish holatlariga toqat qila olmasligi bilan izohladi. Shu bilan birga, futbolchi muxlislarning jamoa o‘yin uslubi va mazmuni borasidagi tanqidlarini to‘g‘ri tushunishini ta’kidladi.
Mazkur bahsda futbolchi to‘rtinchi daqiqadayoq gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist