locale OZ

«Hall Siti» APLga qaytishi orqali qancha daromad topgani ma’lum qilindi

Klub 9 yildan so‘ng yana yuqori divizionda o‘ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Hall Siti» APLga qaytishi orqali qancha daromad topgani ma’lum qilindi
ФОТО: Getty images

“Hall Siti” Chempionship finalida “Midlsbro”ni mag‘lub etib, Angliya Premer-ligasiga qaytdi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, jamoa yuqori divizionga qaytish orqali 200 million yevrodan ortiq daromad olishini kafolatlagan.

Manbaga ko‘ra, klub daromadining asosiy qismi televidenie huquqlari va Premer-ligadagi daromadlarni taqsimlash mexanizmlari orqali keladi.

Hatto jamoa darhol pastki ligaga tushib ketsa ham, umumiy tushum taxminan 228 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Bu esa elita divizionga qaytishning katta iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting