Halk faoliyatini Qozog‘istonda davom ettirishi mumkin
Futbolchi Qozog‘iston klubidan yiliga 2 million yevro atrofida maosh so‘ramoqda.
ФОТО: Getty images
"Atletiko Mineyro" hujumchisi Halk Qozog‘istonga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Ivan Karpov ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga "Aktobe" qiziqish bildirmoqda. Biroq braziliyalik futbolchi Qozog‘iston klubidan yiliga 2 million yevro atrofida maosh so‘ramoqda.
“Aktobe” hozircha ushbu maoshni berishga tayyor emas. Shu sababli muzokaralar to‘xtab qolgan. Lekin tomonlar ularni davom ettirish ehtimoli bor.
2025 yilda Halk 61 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist