Hakimiy: O‘yin uslubimiz o‘xshash, iloji boricha to‘pni ko‘proq ushlab turishni istaymiz
PSJ himoyachisi Chempionlar Ligasining "Barselona"ga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi.
Photo: gettyimages
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimiy Chempionlar Ligasining "Barselona"ga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi.
"O‘yin uslubimiz o‘xshash, iloji boricha to‘pni ko‘proq ushlab turishni istaymiz. Biz shoshilmaymiz. To‘pni qaysi jamoa aniqroq boshqarsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi, ko‘p narsa detallarga ham bog‘liq bo‘ladi. Umid qilamanki, biz g‘alaba qozonamiz", - dedi marokashlik futbolchi.
Bugun, 1 oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Barselona" - PSJ uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor