Hakimi kamida ikki oyga safdan chiqdi
Uning Afrika kubogida ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
ФОТО: Getty images
“PSJ” himoyachisi Ashraf Hakimi jarohati sabab kamida ikki oy davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Marca xabar berishicha, uning tibbiy tekshiruvlaridan so‘ng shifokorlar shunday xulosaga kelgan.
Marokashlik 27 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi bahsda Luis Diasning ortdan tashlangan “podkat”idan so‘ng jiddiy jarohat olgan.
Futbolchi maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etgan, Dias esa qizil kartochka bilan siylangandi.
Shu tariqa Hakimining 21 dekabrdan boshlanadigan Afrika kubogida ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist