Hakimi: «Biz sovringa loyiq emasdik»
Photo: Getty Images
“PSJ” himoyachisi Ashraf Hakimi UEFA Superkubogidagi doirasida "Tottenhem" klubiga qarshi kechgan o‘yin yakuni bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘ylashimcha, biz bu sovringa loyiq emasmiz, chunki "Tottenhem" bilan oramizdagi farqni ko‘ra oldik.
80 daqiqa davomida o‘z futbolimizni ko‘rsatishga harakat qildik, ammo uzatmalarda xatolarga yo‘l qo‘ydik.
Omadimiz bor ekan, ikkita gol urib, penaltillar seriyasiga chiqdik. Lekin futbol shunaqa. Muxlislarimiz uchun juda xursandman, biz uchun esa bu har qanday holatda ham ajoyib lahza", — deya Hakimining so‘zlarini keltiradi Footmercato.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist