locale OZ

Hakim Ziyesh “Botafogo” bilan kelishuvga erishdi

Hozirda tomonlar o‘rtasida asosiy masalalar hal qilingan bo‘lib, faqat tibbiy ko‘rik, hujjatlar va shartnomani imzolash jarayoni qolgan.
Hakim Ziyesh “Botafogo” bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Hakim Ziyesh faoliyatini Braziliyada davom ettirishga yaqin turibdi. 33 yoshli futbolchi “Botafogo” bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va endi transferni rasmiylashtirish uchun Braziliyaga borishi kutilmoqda.

Kelishuv ikki mavsumga mo‘ljallangan. Hozirda tomonlar o‘rtasida asosiy masalalar hal qilingan bo‘lib, faqat tibbiy ko‘rik, hujjatlar va shartnomani imzolash jarayoni qolgan. Ziyesh avvalroq Braziliyadagi futbol maydonlarining sifati bo‘yicha xavotir bildirgan va shu sabab transfer bir muddat cho‘zilgan edi, biroq keyinchalik tomonlar kelishuvga qaytgan.

Ziyesh “Vidad Kasablanka”dagi faoliyatini yakunlab, erkin agentga aylandi. U avval “Ayaks”, “Chelsi” va “Galatasaroy” kabi klublarda to‘p surgan, shuningdek, Marokash terma jamoasining JCh-2022dagi tarixiy yurishida muhim futbolchilardan biri bo‘lgan. “Botafogo” uning transferini yozgi oynadagi asosiy harakatlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting