locale OZ

Hakim Ziyech faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakim Ziyech faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

Marokash terma jamoasi hujumchisi Hakim Ziyech faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, forvard "Sevilya"ning e'tiborini tortgan. Biroq, qishda amalga oshishi mumkin bo'lgan transfer ispan klubining moliyaviy qiyinchiliklari sababli so'roq ostida.

"Sevilya" jamoasi maoshdan qutulish uchun avvalo darvozabon Alvaro Fernandes bilan xayrlashishi kerak.

Shuningdek, marokashlik futbolchini Italiya "Fiorentina" klubi ham kuzatib borayotgani qayd etilgan. Ayni damda Ziyech erkin agent hisoblanadi.

O'tgan mavsumda u avvaliga "Galatasaray", keyin esa Qatarning "Al-Duhail" jamoasida o'ynadi. “Chelsi”ning sobiq futbolchisi bu ikki klub safida 24 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting