locale OZ

Hakim Fuzaylov Tojikiston faxriylar jamoasiga murabbiylik qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakim Fuzaylov Tojikiston faxriylar jamoasiga murabbiylik qildi
PHOTO: Telegram

“Xorazm” bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Tojikiston va Rossiya futbol faxriylari o'rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. U Tojikiston faxriylari jamoasiga Salohiddin G‘ofurov bilan birga murabbiylik qildi.

O‘yin 3:1 hisobida Rossiya faxriylari g‘alabasi bilan tugadi. Uning tarkibida Rinat Dasayev, Yegor Titov, Dmitriy Alenichev, Valeriy Shmarov, Sergey Kiryakov, Andrey Murnin, Oleg Divichenko, Aleksandr Cherkes va boshqa harakat qildi. Yevgeniy Lovchev va Aleksandr Mirzoyan jamoaga murabbiylik qildi.

Tojikiston tarkibida Asliddin Habibulloyev, Rahmatullo Fuzaylov, Akmal Holmatov, Suhrob Hamidov, Rustam Xo‘jayev, Tohir Mo‘minov, Jomixon Muhiddinov va boshqa futbolchilar ishtirok etdi.

O‘yin 25 may kuni nishonlanadigan Butunjahon futbol kuniga bag‘ishlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting