locale OZ

Hakim Fuzaylov Qirg‘iziston klubi bosh murabbiyligidan ketdi

Biroq mutaxassis qo‘l ostida jamoa 9 ta uchrashuvda 5 ochko to‘pladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakim Fuzaylov Qirg‘iziston klubi bosh murabbiyligidan ketdi
Фото: Хоразм ПФК

Tojikistonlik mutaxassis Hakim Fuzaylov «Qirg‘izaltin» klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Klub va murabbiy o‘rtasidagi mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, bunga murabbiyning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holati sabab bo‘lgan. Fuzaylov «Kыrgыzaltыn»ni 2026 yil iyun oyi boshida qabul qilib olgan va jamoani inqirozdan olib chiqish vazifasini olgan edi.

Biroq mutaxassis qo‘l ostida jamoa 9 ta uchrashuvda 5 ochko to‘pladi. Bu bahslarda «Qirg‘izaltin» 9 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yuborgan. Ayni paytda jamoa 20 turdan so‘ng 7 ochko bilan Qirg‘iziston chempionati jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Fuzaylovning Qirg‘iziston futbolidagi faoliyati bu bilan birinchi marta emas. U 2020 yilda ham «Kaganat» klubiga bosh murabbiylik qilgan. Faoliyati davomida «Buxoro», «Dinamo» (Samarqand), «Andijon», «Lokomotiv» (Toshkent), «Xo‘jand», «Istiqlol» kabi jamoalarda ishlagan, shuningdek, 2016–2018 yillarda Tojikiston milliy terma jamoasini boshqargan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting