Hakim Fuzaylov: O'zimizga o'zimiz penalti olib kelganimiz chatoq bo'ldi
Xorazm bosh murabbiyi Navbahor bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: Xorazm FK
Superliga 24-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikr bildirdi.
"Uchrashuvni barcha ko'rdi, birinchi taym to'liq ustunligimiz ostida kechdi. Raqibda deyarli imkoniyat bo'lmadi. Faqat o'zimizga o'zimiz penalti olib kelganimiz chatoq bo'ldi. Umuman olganda esa o'yinni yaxshi o'tkazdik. Lekin baribir gol urish bilan bog'liq muammodan chiqib keta olmayapmiz.
Buning ustiga futbolchimiz qizil kartochka olib o'yinni 10 kishi bo'lib tugatdik. Lekin bu hakamning qarori va men muhokama qilmayman. Shogirdlarimga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Chempionat davom etadi, imkoniyat bor ekan kurashamiz",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor