locale OZ

Hakamlar akademiyasining 4-moduli davom etmoqda.

Toshkentda Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 4-moduli doirasida amaliy tajriba almashish uchrashuvi o‘tkazildi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
 Hakamlar akademiyasining 4-moduli davom etmoqda.
photo: UzFHM

Toshkentda Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 4-moduli doirasida amaliy tajriba almashish uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Superliga va xalqaro toifadagi hakamlar Asker Najafaliyev, Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov, Jasur Muxtorov hamda Nasibabonu Toshmuhammedova ishtirok etib, tinglovchilar bilan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida professional hakam bo‘lish yo‘lida o‘yin qoidalarini mukammal o‘zlashtirish, jismoniy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratish, xorijiy tillarni o‘rganish, qat’iyatli bo‘lish, doimiy ravishda o‘z ustida ishlash hamda tartib-intizomga rioya qilishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, hakamlarning xalqaro maydonga chiqish yo‘lidagi faoliyati, bosib o‘tgan yo‘llari va orttirgan tajribalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Alohida ta’kidlash joizki, Asker Najafaliyev, Akobirxo‘ja Shukurullayev va Abdurashid Xudoyberganov OFK Hakamlar akademiyasi bitiruvchilari hisoblanadi. Ular mazkur akademiyadagi ta’lim jarayoni, o‘quv dasturlari va xalqaro darajadagi hakam sifatida shakllanishdagi muhim jihatlar haqida so‘z yuritib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv savol-javoblar va ochiq muloqot ruhida o‘tib, bo‘lajak hakamlar uchun foydali tavsiya va maslahatlarga boy bo‘ldi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting