locale OZ

Hakamlar akademiyasining 3-moduli Namangan viloyatida davom etmoqda

Turli holatlar video lavhalar orqali namoyish etilib, har bir epizod yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakamlar akademiyasining 3-moduli Namangan viloyatida davom etmoqda
photo: UzFHM

Hakamlar akademiyasi tinglovchilari O‘FA tasarrufidagi futbol maktablarining 2009-yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarida hakamlik qilib, amaliy tajriba va ko‘nikmalarini mustahkamlab borishmoqda.

Shuningdek, uchrashuvlardan so‘ng yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar mutaxassislar tomonidan aniq vaziyatlar asosida tahlil qilinmoqda. Turli holatlar video lavhalar orqali namoyish etilib, har bir epizod yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.

Muhokamalar davomida yosh hakamlarga kelgusida bunday xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, qaror qabul qilishda yanada e’tiborli bo‘lish hamda hakamlik saviyasini muntazam oshirib borish zarurligi alohida ta’kidlanmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting