locale OZ

Hakamlar akademiyasining 2-modul o‘quv jarayoni davom etmoqda

Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Hakamlar akademiyasining 2-modul o‘quv jarayoni davom etmoqda
Фото: UzFHM

Nazariy mashg‘ulotlar doirasida tinglovchilarga o‘yin epizodlarini chuqur tahlil qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish mexanizmlari hamda zamonaviy hakamlik mezonlari bo‘yicha darslar o‘tilmoqda.

Amaliyot bilan uyg‘un holda, akademiya tinglovchilari 21-apreldan Farg‘ona viloyatida start olgan O‘FA tasarrufidagi futbol maktablarining 2011-yilda tug‘ilgan futbolchilari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarida hakamlik qilib, amaliy tajriba orttirmoqda.

Mazkur yondashuv yosh hakamlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, shuningdek, ularni professional faoliyatga bosqichma-bosqich tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting