locale OZ

Hakаmlar akademiyasida navbatdagi o‘quv moduli davom etmoqda

Mashg‘ulotlar Valentin Kovalenko, Aleksandr Popov va Ma’mur Saidkasimovlar tomonidan olib borilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakаmlar akademiyasida navbatdagi o‘quv moduli davom etmoqda
Фото: UzFHM

Navoiy viloyatida Hakаmlar akademiyasining navbatdagi o‘quv moduli o‘tkazilmoqda. Unda yosh hakamlar amaliy mashg‘ulotlar va turli sinovlardan o‘tmoqda, ularning natijalari esa muntazam qayd etib borilmoqda.

Mashg‘ulotlar Valentin Kovalenko, Aleksandr Popov va Ma’mur Saidkasimovlar tomonidan olib borilmoqda.

Akademiya o‘quvchilari ushbu modul doirasida Navoiy viloyatida 2008-yilda (U-17) tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi viloyat terma jamoalari ishtirok etayotgan “O‘zbekiston chempionati” bahslarida hakamlik qilishmoqda. Ushbu o‘yinlar orqali ularning amaliy ko‘nikmalari hamda jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Musobaqa davomida o‘yinlar doimiy ravishda tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan nazariy mashg‘ulotlarda tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting