locale OZ

Hakamlаr akademiyasida navbatdagi o‘quv moduli boshlandi

Unda yosh hakamlar amaliy mashg‘ulotlar va turli sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakamlаr akademiyasida navbatdagi o‘quv moduli boshlandi
Фото: UzFHM

Navoiy viloyatida Hakamlаr akademiyasining navbatdagi o‘quv moduli o‘z ishini boshladi. Unda yosh hakamlar amaliy mashg‘ulotlar va turli sinovlardan o‘tkazilmoqda va ularning natijalari muntazam qayd etib borilmoqda.

Mazkur amaliy modul Ma’mur Saidkаsimov, Yuliya Tarasova, Aleksandr Popov va Valentin Kavolenkolar tomonidan olib borilmoqda.

Akademiya o‘quvchilari ushbu modul doirasida Navoiy viloyatida 2008-yilda (U-17) tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi viloyat terma jamoalari ishtirok etadigan “O‘zbekiston chempionati” bahslarida hakamlik qilishadi. Ushbu o‘yinlar orqali ularning amaliy ko‘nikmalari va jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkaziladi.

Musobaqa davomida o‘yinlar doimiy ravishda tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan nazariy mashg‘ulotlarda tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berib boriladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting