Hakamlar akademiyasi tinglovchisi Durdona Sadullayeva ayollar Oliy ligasi uchrashuvini boshqarib bordi
Hakamlar akademiyasi tinglovchisi Durdona Sadullayeva ayollar Oliy ligasi uchrashuvini boshqarib bordi.
2026-yilgi Hakamlar akademiyasi tinglovchisi Durdona Sadullayeva o‘quv jarayoni davom etayotganiga qaramay, nazariy bilimlari, jismoniy tayyorgarligi va amaliy salohiyati sababli ayollar Oliy ligasi 12-turidan o‘rin olgan OKMK-W – "Bunyodkor-W" uchrashuvini boshqardi. Unga qanotlarda Xayriniso Erkinova va Oydinoy Abduvaxobova yordam berdi.
Yosh hakamlarning tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, ularni professional musobaqalarga bosqichma-bosqich jalb etish Hakamlar akademiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Shu sababli bu kabi tayinlovlar yosh hakamlarning nazariy va amaliy tayyorgarligini real o‘yinlar orqali yanada mustahkamlash, ularning tajribasini oshirish hamda kelgusida yuqori darajadagi musobaqalarda faoliyat yuritishlari uchun muhim imkoniyatdir.