locale OZ

Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 4-moduli Toshkent shahrida davom etmoqda

Mashg‘ulotlar davomida mahalliy va xalqaro musobaqalardan olingan videolavhalar asosida o‘yin vaziyatlari batafsil tahlil qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 4-moduli Toshkent shahrida davom etmoqda
photo: UzFHM

Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 4-moduli Toshkent shahrida davom etmoqda.

Mazkur modul doirasida bo‘lajak hakamlarning nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash, zamonaviy futbol hakamligi talablariga mos ko‘nikmalarni shakllantirish hamda o‘yin vaziyatlarini to‘g‘ri baholash bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

O‘quv jarayonlarida FIFA instruktori Valentin Kovalenko hamda tajribali instruktorlar Aleksandr Popov, Baxtiyor Tagayev, Timur Galeev hamda tajribali ayol hakam Edita Mirabidova ishtirok etib, tinglovchilarga futbol qoidalarining amaliy qo‘llanilishi, murakkab o‘yin epizodlarini tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlari yuzasidan darslar o‘tmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida mahalliy va xalqaro musobaqalardan olingan videolavhalar asosida o‘yin vaziyatlari batafsil tahlil qilinib, hakamlarning maydondagi pozitsiya tanlashi, intizomiy choralarni qo‘llash hamda jamoaviy ishlash tamoyillari muhokama qilinmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting