locale OZ

Hakamlar akademiyasi 3-modul oʻquv jarayoni davom etmoqda

Namangan tumanidagi Toshbuloq stadioni hamda Yangi Namangan tumanidagi Dinamo stadionida boʻlib oʻtgan 4-tur uchrashuvlaridan soʻng yosh hakamlarning faoliyati tahlil qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Hakamlar akademiyasi 3-modul oʻquv jarayoni davom etmoqda
photo: UzFHM

Akademiya tinglovchilari 3-modul oʻquv jarayonida Namangan viloyati maydonlarida oʻtkazilayotgan OʻFA tasarrufidagi futbol maktablari U17 (2009) oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati uchrashuvlarida hakamlik qilib, amaliy tajribalarini oshirmoqdalar.

Jumladan, Namangan tumanidagi Toshbuloq stadioni hamda Yangi Namangan tumanidagi Dinamo stadionida boʻlib oʻtgan 4-tur uchrashuvlaridan soʻng yosh hakamlarning faoliyati tahlil qilindi.
Tahlil jarayonida uchrashuvlarda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar video lavhalar asosida muhokama etilib, hakamlik mahoratini yanada oshirish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, akademiya tarbiyalanuvchilariga Superliga hakamlari tomonidan amaliy koʻrsatmalar va tushuntirishlar berildi.
Jumladan, Temur Toʻxtasinov, Gʻayrat Joʻrayev, Anvar Marajabov, Maksim Nexochin, Ziyodulla Abdurahmonov va Xushnud Suyunboyevlar tomonidan yosh hakamlarga oʻyin qoidalarini toʻgʻri qoʻllash, maydondagi vaziyatlarni baholash hamda hakamlik madaniyati yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting