locale OZ

Habib Nurmagomedov O‘zbekiston terma jamoasining JCH–2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Musobaqa AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Habib Nurmagomedov O‘zbekiston terma jamoasining JCH–2026dagi imkoniyatlarini baholadi
ФОТО: Getty images

Yengil vazn toifasining sobiq chempioni va UFC Shon-sharaf zalining a’zosi, rossiyalik Habib Nurmagomedov O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi.

Uning fikricha, milliy terma jamoa kamida guruh bosqichidan chiqishi kerak. Musobaqa AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

«Ularning sardori bor – Husonov. Jamoa g‘alabaga chanqoq, o‘zini ko‘rsatishni juda xohlayapti. O‘ylaymanki, ular kamida guruhdan chiqishi kerak», — dedi Nurmagomedov Okko Sport’ga bergan intervyusida.

Habib Nurmagomedov aralash jang san’atlaridagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Uning 13 ta g‘alabasi UFC doirasida qayd etilgan. Habib so‘nggi jangini 2020 yilda o‘tkazib, amerikalik Justin Gaethje ustidan g‘alaba qozongan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting