locale OZ

Gyundogan: «Hozirda «Barselona» Yevropaning eng kuchli jamoasi»

Ilkay bo‘lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Gyundogan: «Hozirda «Barselona» Yevropaning eng kuchli jamoasi»
Фото: GettyImages

«Galatasaroy» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Chempionlar ligasi doirasida kataloniyaliklarga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan «Barselona»ning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozirda “Barselona” juda ustun va ishonchli tarzda o‘ynamoqda. Bunday formadagi jamoaga raqobat ko‘rsatish uchun himoyada deyarli bexato harakat qilish va to‘p bilan o‘ynashda katta jasorat ko‘rsatish kerak.

Faqat ortga chekinib, raqibni jarima maydonimiz yaqinida kutib turish bilan ish bitmaydi. “Barselona” hujumga o‘tayotganida bo‘sh qoldiradigan kam sonli hududlardan yuqori aniqlik bilan foydalanish zarur.

Ayni paytda, mening fikrimcha, “Barselona” Yevropaning eng kuchli jamoasi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun yaqqol favorit», — deya Gyundoganning so‘zlarini Fanatik nashri keltirmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting