Gyokeresh — «Arsenal»ning joriy mavsumdagi eng sermahsul futbolchisi
Shvetsiyalik forvard «Tottenhem»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
FOTO: Getty Images
«Arsenal» hujumchisi Viktor Gyokeresh Angliya Premyer-ligasining 27-turi doirasida kechgan «Tottenhem»ga qarshi safar o‘yinining (4:1) asosiy qahramonlaridan biriga aylandi.
27 yoshli shvetsiyalik forvard shimoliy London derbisida dubl qayd etib, «kanonirlar»ning ishonchli g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng, Gyokereshning joriy mavsumdagi ko‘rsatkichlari 15 ta gol va 2 ta golli uzatmani tashkil etmoqda. «Gol+pas» tizimida 17 ochko jamg‘argan Viktor ayni damda «Arsenal»ning mavsumdagi eng sermahsul futbolchisi bo‘lib turibdi.
Ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Leandro Trossard (14 ochko) egallab turgan bo‘lsa, braziliyalik vinger Gabriel Martinelli ham xuddi shuncha ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist