locale OZ

Gyokeresh – Arsenal futbolchisi (Romano)

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gyokeresh – Arsenal futbolchisi (Romano)
Photo: Getty Images

Lissabonning "Sporting" klubi shved hujumchisi Viktor Gyokeresh Londondagi "Arsenal" klubiga o'tdi, deb xabar bermoqda taniqli insayder Fabrizio Romano.

Manbaga ko'ra, kelishuv summasi 63,5 million yevro va bonuslar ko'rinishida yana 10 million yevroni tashkil etadi.

Shved futbolchi yaqin soatlar ichida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat oladi va Angliyaga yo'l oladi.

O'tgan mavsumda "Sporting" hujumchisi barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Nufuzli "Transfermarkt" internet portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining narxi 75 mln yevroni tashkil etadi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting